ZARGARTEPA

ZARGARTEPA — arxeologik yodgorlik, qasr xarobasi (7—10 a. lar). Samarqand sh. ning sharqiy qismida, Sattepa mavzesida. 1936-y. Oʻzbekiston davlat tarix muzeyi ekspeditsiyasi topib oʻrgangan, 1986—87 y. larda esa Arxeologiya intining Samarqand otryadi u yerda qazish ishlari olib borgan. 3. eni 10 m, bal. 9 m keladigan tepalikdan iborat boʻlib, u kazib ochilganda paxsa supa, shatranj xonalari tartibida besh qator qilib oʻrnatilgan ehromsimon ustunlar boʻlaklari, paxsa va xom gʻishtdan qurilgan devor qoldiqlari, sopol idish siniqlari, tangalar (7—8 va 10a. lar) topilgan.

Prev Article

ZARGARLIK SANOATI

Next Article

ZARGARTOGʻ