ZAYTUN (Olea) — zaytundoshlar oilasiga mansub oʻsimlik turkumi. 600 ga yaqin turi maʼlum. Fakat bir turi — Yevropa zaytuni (O. europaea, 3. daraxti) xoʻjalik ahamiyatiga ega. Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrikada ekiladi. 3. yetishtiradigan asosiy mamlakatlar Yaqin Sharq va Oʻrta dengiz mamlakatlari — Ispaniya (2 mln. ga dan ortiq), Italiya (1,5 mln. ga), Gretsiya (500 ming ga) va Portugaliyadir. Ozarbayjon, Gruziya, Qrim, Turkmaniston, Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida xam zaytunzorlar bor. Ekiladigan 3. daraxti bal. (4—12 m), shoxshabbasi tarvaqaylagan. Barglari mayda, uchli yoki toʻmtoq, toʻq yashil, yaltiroq, poyada qaramaqarshi joylashgan. Gullari ikki jinsli, oqish, shingil yoki roʻvaksimon, 3—5 mm, xushboʻy hidli. Mevasi — rezavor, danakli, tuyey qora, toʻq binafsha. Mevasi etida 80% gacha, magʻzida 30% gacha moy, oksil, vitamin S va karotin bor. Kurgʻoqchilikka chidamli, 13—18° sovuqqa bardosh beradi. 300—400 (1000 gacha) yil yashaydi. Har tupidan 20—40 kg hosil olinadi. Unumdor, qumoq va kumloq, ohakli tuproqlarda yaxshi oʻsadi. Danagidan yetishtirilgan koʻchati 10 — 12y., qalamchasidan 4—5y. hosilga kiradi. 3. danagi, ildiz bachkisi, qalamchasidan koʻpaytiriladi, asosan payvand qilingan 2—3 yillik koʻchati 10×10 m, 10×8 m (buta shaklida oʻstirilganda 6×6 m) qilib bahorda ekiladi. Agrotexnikasi boshqa subtropik meva daraxtlarnikiga oʻxshash.
Zaytun: 1 — yetilgan mevali shoxi; 2 — gʻoʻra mevasi. Mevasi marinadlanadi, gʻoʻrasi va pishgan mevasi konserva qilinadi. Zaytunning pishgan mevasi etida (25—80%) qurimaydigan moy bor. 3., asosan, moyi uchun yetishtiriladi. Mevasini sovuqlayin presslab olinadigan birinchi fraksiya 3. moyi oziqovqat uchun, shuningdek, konserva sanoati va tibbiyotda ishlatiladi. Turpi va danagini qizdirib presslab olinadigan ikkinchi fraksiya 3. moyi texnikada va sovun pishirishda qoʻllaniladi. Kunjarasi chorva uchun yem, yogʻochidan qimmatbaho buyumlar tayyorlanadi.
Rixsivoy Joʻrayev.