ZOVUR — yer osti va sizot suvlari sathini pasaytirish, toʻqayzor va zax yerlarni quritish maqsadlarida zax suvlarni chiqarib tashlash uchun kazilgan ariq yoki kanal. Kollektor va drenajning melioratsiya inshootlari b-n jihozlanmagan ibtidoiy shakli. Oʻrta Osiyo dehqonchiligida 3. mil. av. 2—1ming yilliklarda qurila boshlangan.